O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada “Diplomatik izohli lug‘at” va “Diplomatiya qadimgi davrlardan hozirgi kungacha” nomli darsligi taqdimoti bo‘lib o‘tadi.
Mazkur nashrlar O‘zbekiston mustaqilligi yillarida diplomatiya sohasida yaratilgan ilk ixtisoslashtirilgan asarlardan bo‘lib, Markaziy Osiyoda ham ushbu yo‘nalishdagi dastlabki nashrlar qatoriga kiradi.
Tadbir doirasida nashrlarning milliy diplomatiya maktabini rivojlantirish, diplomatik kadrlar, soha ekspertlari va tadqiqotchilarni tayyorlash, shuningdek, o‘zbek tilining xalqaro munosabatlar va diplomatiya sohasidagi nufuzini oshirishdagi ilmiy-amaliy ahamiyati muhokama qilinadi.
Barcha qiziquvchilarni mazkur taqdimotda ishtirok etishga taklif etamiz!
Sana: 2026-yil 6-noyabr
Vaqt: 10:00
Manzil: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, tadbirlar zali (B-203).