2025-yil 12-maydan 24-maygacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘mondonlik tarkibi ofitserlari uchun ikki haftalik “O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyati asoslari, diplomatik protokol, etiket va muzokaralar jarayoni” kursi tashkil etildi.
O‘quv jarayonida tinglovchilar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o‘tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar.
2025-yil 24-may kuni kursning barcha tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini muvoffaqiyatli tamomlaganlik to‘g‘risidagi sertifikatlar topshirildi.