2025-yil 14-apreldan 25-aprelgacha JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari uchun qisqa muddatli "O‘zbekiston Respublikasining yangilangan tashqi siyosatining konseptual asoslari, zamonaviy diplomatiyada “Yumshoq kuch”, diplomatik protokol va etiket" mavzudagi malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tashkil etildi.
Diplomatlarning o‘quv jarayoniga Respublika va JIDUning yetakchi mutaxassislari jalb etildi. O‘quv jarayonida tinglovchilar diplomatik protokol va odob-axloq qoidalari asoslari, ishbilarmonlik yozishmalarini o‘tkazish nazariyasi va amaliyoti, diplomatik qabullarni tashkil etish, muzokaralar olib borish, shuningdek, turli darajadagi rasmiy tashriflarda protokol tadbirlari dasturlarini tayyorlash metodikasi kabi sohalarda nazariy va amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar.
2025-yil 25-aprel kuni o‘qish jarayonini muvoffaqiyatli tugatgan barcha tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi TIV JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyaning qisqa muddatli kurslarini tamomlaganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirildi.