• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

“Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishdagi O‘zbekiston va Hindiston istiqbollari” nomli kitobga bag‘ishlangan sharh maqolasi Hindistonning Veer Arjun gazetasida chop etildi

“Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishdagi O‘zbekiston va Hindiston istiqbollari” nomli kitobga bag‘ishlangan sharh maqolasi Hindistonning Veer Arjun gazetasida chop etildi

news

“Janubiy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishdagi O‘zbekiston va Hindiston istiqbollari” nomli kitobga bag‘ishlangan sharh maqolasi Hindistonning Veer Arjun gazetasida chop etildi. Ushbu kitob 2024-yil oktyabr oyida Diplomatik akademiya va Hindiston-Markaziy Osiyo jamg‘armasi hamkorligida ingliz, o‘zbek va rus tillarida nashr etilgan.

Maqolada kitobning dolzarbligi va ehtiyoj yuqoriligi ta'kidlanadi. Jumladan, maqola muallifi – Jawaharlal Nehru universiteti professori Hem Chandra Pandey shunday deydi:
"Markaziy Osiyodagi tez o‘zgarayotgan hozirgi vaziyat mutaxassislar e’tiborini tabiiy ravishda tortmoqda. Shu fonda Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, savdo, madaniy va diplomatik munosabatlarning turli jihatlari bo‘yicha hind va o‘zbek ekspertlari tomonidan taqdim etilgan baho, shubhasiz, nihoyatda dolzarbdir."