• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Diplomatik akademiya magistraturaga qabul eʼln qiladi!

Diplomatik akademiya magistraturaga qabul eʼln qiladi!

news

2025/2026 oʻquv yilidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Diplomatik akademiya Hindistonning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri “MERI Group of Institutions” bilan hamkorlikda “Menejment” mutaxassisligi boʻyicha bir yillik magistratura yoʻnalishini ochmoqda.

 

“MERI Group of Institutions” Hindistondagi nufuzli xususiy universitetlaridan biridir. Uning ekspert guruhi tarkibiga taniqli hind davlat arboblari va diplomatlari kiradi. Taʼlim yoʻnalishlari – iqtisodiyot, biznes boshqaruvi, menejment, xalqaro savdo, jurnalistika va axborot texnologiyalari. Uning oʻquv rejalari va dasturlari Buyuk Britaniya taʼlim standartlari asosida ishlab chiqilgan. “MERI Group of Institutions” AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Xitoyning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik olib boradi.       

 

Shundan kelib chiqib, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada ochilayotgan “Menejment” magistratura yoʻnalishi oʻquv rejasi va fan dasturlari xalqaro standartlar asosida “MERI Group of Institutions” mutaxassislari tomonidan tayyorlandi. Dars mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi va ularning 50 foizi xorijiy professor-oʻqituvchilar, menejment va biznes sohasidagi malakali ekspertlar tomonidan beriladi.

 

Magistraturada oʻqish davomida talabalar iqtisodiyot, marketing, xalqaro biznes boshqaruvi, strategik boshqaruv, moliya kabi tor mutaxassisliklarga tegishli fanlarni tanlov asosida oʻqish imkoniyatiga ega boʻladilar. Shu bilan birga darslarni oʻzlashtirishi yuqori boʻlgan talabalar 2026-yil bahorida akademik almashuv dasturi boʻyicha Dehli shahriga “MERI Group of Institutions” universitetiga yuboriladi. Ushbu tashrif davomida talabalar taʼlim olish bilan birga Hindistonning yirik kompaniyalari faoliyati bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega boʻladilar.

 

Magistratura bitiruvchilariga davlat namunasidagi diplom hamda “MERI Group of Institutions” ning xalqaro tan olingan maxsus sertifikati beriladi.