• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada Ummon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun o‘quv kursi yakunlandi

JIDU huzuridagi Diplomatik akademiyada Ummon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun o‘quv kursi yakunlandi

news

Joriy yilning 11-15 may kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining yosh diplomatlari uchun malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur kurs doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Diplomatik akademiya professor-o‘qituvchilari jalb etilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi tarixi, iqtisodiy va siyosiy faoliyati, shuningdek, Markaziy Osiyodagi xalqaro munosabatlar bo‘yicha ma’ruzalar o‘qidilar. O‘monlik yosh diplomatlarni o’qitishning oxirgi kunida O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligining Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi departamenti rahbari shayx Ahmad Hoshil Rashid Al Maskariy o’z mamlakatining tashqi siyosati bo‘yicha ma’ruza o‘qidi. Shuningdek, O‘zbekiston- O‘mon munosabatlarining istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

15-may kuni tinglovchilarga tantanali ravishda mazkur o‘quv kursini tamomlaganlik to’g’risidagi sertifikatlar topshirildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori S.Safoyev, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.A’loyev, JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya direktori A.Xaydarov, O‘mon Sultonining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Vafa Jabr Nosir al-Busaydiy va O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi departamenti rahbari shayx Ahmad Hoshil Rashid al-Maskariy yakuniy so‘zga chiqdilar.

Tinglovchilar yuqorida qayd etilgan kursning tashkil etilishi va mazmunini yuqori baholadilar va minnatdorchilik bildirdilar, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga hissa qo‘shishi mumkin bo‘lgan bunday kurslarni o‘tkazish muhimligini ta’kidladilar.