• Maxsus imkoniyatlar

    Ko'rinish:

    Shrift hajmi:

  • Mobil versiya
  • Sayt xaritasi
SHU YERDA QIDIRISH SO'ZINI YOZING

Diplomatik akademiyada “Markaziy Osiyo umumjahon siyosatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Diplomatik akademiyada “Markaziy Osiyo umumjahon siyosatida” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

news

2025-yil 2-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada O‘zbekiston Respublikasining Pokistondagi elchixonasi maslahatchisi, siyosiy fanlar doktori, professor Rovshan Alimovning “Markaziy Osiyo umumjahon siyosatida” nomli yangi monografiyasi taqdimoti o‘tkazildi.

 

Tadbirda xalqaro munosabatlar sohasi yetakchi mutaxassislari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi SMTI, Markaziy Osiyo xalqaro instituti, TIV huzuridagi Tashqi siyosiy tadqiqotlar markazi, TDShU vakillari, diplomatlar, ilmiy xodimlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, JIDU va Diplomatik akademiya talaba va magistrantlari ishtirok etdilar.

 

Yangi qo‘llanma Markaziy Osiyoning jahon siyosiy tizimidagi o‘rni va uning rivojlanish istiqbollariga oid konseptual yondashuvlarni yoritadi. Taqdimot davomida tadqiqotning asosiy mohiyati, mintaqaviy xavfsizlik masalalari, geosiyosiy tendensiyalar va Markaziy Osiyodagi dolzarb chaqiriqlar tilga olindi.

 

Taqdimot yakunida ta’kidlanganidek, ushbu monografiya xalqaro munosabatlar sohasidagi mutaxassislar, tadqiqotchilar va amaliyotchi ekspertlar uchun muhim ilmiy manba bo‘lib xizmat qiladi.