2026-yil 24-sentabrdagi “Ishonch” gazetasining 40-sonida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya direktori, siyosiy fanlar doktori, prof. A.Xaydarov bilan intervyu e’lon qilindi.
Intervyuda zamonaviy diplomatiyani rivojlantirish, yangi avlod diplomatlarini tayyorlash, diplomatik ta’lim tizimini takomillashtirish hamda milliy diplomatiya maktabini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro aloqalari kengayib borayotgan sharoitda diplomatik kadrlar oldiga qo‘yilayotgan yangi talablar, iqtisodiy diplomatiyaning ortib borayotgan ahamiyati, texnologiyalar, investitsiyaviy va transport hamkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Suhbat davomida, shuningdek, Diplomatik akademiyani rivojlantirish, ta’lim, fan va diplomatik amaliyotning o‘zaro bog‘liqligi, diplomatik faoliyatda sun’iy intellekt va raqamli tahliliy vositalardan foydalanish, shuningdek, xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Intervyuning to‘liq matni 2026-yil 24-sentabrdagi “Ishonch” gazetasining 40-sonida e’lon qilingan.